

Guruhning dastlabki o'yinida "Al Vahda" Iroqda "Al Shorta"ni kichik hisobda mag'lub etdi.
"Al Shorta" (Iroq) - "Al Vahda" (BAA) 0:1
Arbil, "Franso Xariri" stadioni. 4327 tomoshabin
Gol: Pol M'Poku (88).
"Al Shorta": Ahmed Basil, Husam Kadxim, Ali Fayoz Atiyax, Volid Salim, Nabil Sabax (A'lo Ali Mxavi, 58), Faysal Jasim, Saad Abdul Amir, Muhammad Mazxar, A'lo Abdul Zahro, Mazin Fayyod (Diego Kalderon, 71), Ali Yusuf Hoshim (Junior Mpia Mapuku, 71).
"Al Vahda": Muhammad al-Shamsi, Faris Juma, Rim Chang-Vu, Abdulla al-Karbi, Lukas Pimenta, Pol M'Poku, Ismoil Hamis, Li Myung-Ju, Ibrohim Halil (Yahyo al-Hassaniy, 74), Ismoil Matar (Holid al-Dxanxani, 85), Sebastyan Tangliabyue (Husayn Abbos Juma, 90+2).
Ogohlantirish: Ismoil Hamis (46).
Ikkinchi o'yinda esa Salmon al-Moasherning dubli saudiyaliklarga g'alaba keltirdi. O'yin dastlabki 30 daqiqalikdayoq hal qilindi.
"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) - "Istiqlol" (Eron) 2:1
Quvayt, "Jaber al-Ahmad" stadioni.
Gollar: Salmon al-Moasher (17-penaltidan, 1:0), Arsalan Motaxari (22, 1:1), Salmon al-Moasher (29, 2:1).
"Al Ahli": Yosir al-Mosailem, Hussayn Abdul G'ani, Lukas Lima, Motaz Xavsavi (Muhammad al-Fatil, 37), Abdulloh Tarmin, Abdulbosit Xindi (Yusuf Saad al-Harbi, 75), Ali Hassan al-Asmari, Salmon al-Moasher, Mazen Abu Shararah, Abdulrahmon G'arib, Muhammad al-Majhad (Yusuf Belayli, 54).
"Istiqlol": Hussayn Hussayni, Vorya Gafuri, Nikolay Bodurov, Ruzbex Cheshmi, Muhammad Daneshgar, Milad Zakipur, Masud Rigi, Arash Rezavand, Ali Dashti (Murtazo Tabrizi, 77), Amir Motaxari, Shahin Toxirxoniy (Zakariya Murodiy, 61).
Ogohlantirish: Ruzbex Cheshmi (1), Muhammad al-Majhad (27), Ali Hassan al-Asmari (34), Abdulbosit Xindi (52), Salmon al-Moasher (90+1).
Yodingizda bo'lsa, daslabki turda ikki o'yinda ham bir xil 1:1 hisobi qayd etilgandi. Ushbu g'alabalardan keyin "Al Ahli" hamda "Al Vahda" 4 ochko to'plagan holda turnir jadvalida yetakchilik qilishmoqda.



