

Oldinroq "Lokomotiv" himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev OCHL 6-turining ramziy terma jamoasiga kiritilgani borasida ma'lumot bergandik. Keyinchalik Osiyo futbol konfederatsiyasi ushbu futbolchilarning natijalari borasida ham ma'lumot berdi.

Unga ko'ra, Islom To'xtaxo'jaev yomg'irli kechadagi uchrashuvda 107ta pas bergan. Tashkilot uning o'yiniga 8 ball berib, Umar Abdulrahmondan ustun qo'ygan.
Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" guruhdan chiqa olmadi.



