

"Paxtakor"ning tush vaqtidan so'ng Sharjaga parvoz qilishi rejalashtirilgan. Bosh murabbiy Piter Xyuistra 24 nafar futbolchini safar ro'yxatiga kiritdi. Quyida BAAga yo'l oladiganlar ro'yxati bilan tanishing.
Darvozabonlar - Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov, Aziz Isaqov
Himoyachilar - Sherzod A'zamov, Hojiakbar Alijonov, Egor Krimec, Anzur Ismoilov, Marlen Chobanov, Shahzod Azmiddinov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Farruh Sayfiev.
Yarim himoyachilar - Sardor Sobirxo'jaev, Abror Ismoilov, Sharof Muhiddinov, Sardor Rashidov, Aziz Turg'unboev, Dragan Cheran, Humoyunmirzo Iminov, Diyor Xolmatov, Sherzod Temirov, Abbos Fayzullaev, Hojimat Erkinov.
Hujumchilar - Eren Derdiyok, Po'latxo'ja Xoldorxonov.
"V" guruhi bellashuvlari BAAning Sharja amirligida joylashgan "Sharja" stadionida o'tkaziladi. Guruh o'yinlari 14-29 aprel kunlari bo'lib o'tadi. "Paxtakor"ning to'rt bellashuvi Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi. "Sharja" bilan bahslar esa Toshkent vaqti bilan 23:00da start olishi belgilangan.
14 aprel, 20:00
"Paxtakor" - "Traktor"
17 aprel, 20:00
"Eyr Fors" - "Paxtakor"
20 aprel, 23:00
"Sharja" - "Paxtakor"
23 aprel, 23:00
"Paxtakor" - "Sharja"
26 aprel, 20:00
"Paxtakor" - "Eyr Fors"
29 aprel, 20:00
"Traktor" - "Paxtakor"



