

“A” guruhidan joy olgan BAAning “Shabab Al Ahli” jamoasi ilk tur uchrashuvini ertaga “Istiqlol” (Tojikiston)ga qarshi o'tkazadi.
Avvalroq, Jaloliddin Masharipov musobaqada qatnashish uchun jamoasi bilan Ar-Riyodga yetib kelgani haqida xabar bergandik. Biroq, Masharipov diskvalifikaciyasi tufayli ertangi va 2-turdan o'rin olgan “Al Hilol” (S.Arabistoni)ga qarshi uchrashuvda ham “Shabab Al Ahli”ga yordam berolmaydi.
U OCHL o'tgan mavsum chorak finali doirasida o'tgan “Persepolis” – “Paxtakor” (2:0) bahsida eronlik futbolchiga qarshi qo'pol harakat qilgani uchun qizil kartochka olgandi.
Shunday qilib, 27 yoshli vinger 21 aprelga belgilangan 3-tur doirasidagi AGMKga bilan o'yinda maydonga qaytishi mumkin.




