OCHL-2020. "Paxtakor" 20 kun ichida 7ta o'yin o'tkazishi mumkin

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2020, 14:58
3 iyun kuni OFK G'arbiy Osiyo a'zolari bilan Chempionlar ligasi formati va yangi sanalar borasida muzokara o'tkazgandi.

O'shanda barcha bir fikrga kelgandek edi, ammo hozirga qadar hech qanday rasmiy xabar chiqmadi. 

Bu orada yangi taxmin paydo bo'ldi. Unga ko'ra 16 ta klub bitta mamlakatda yig'iladi va 4ta stadionda guruh bosqichi va 1/8 final, chorak va yarim final o'yinlarini o'tkazishadi. 

Shu tariqa to'rtta bosqich o'yinlari uch hafta ichida bo'lib o'tadi - 14 sentyabrdan 3 oktyabrgacha. Har bir klub o'zining ilk o'yinidan 4 kun avval o'sha mamlakatga yetib borishi kerak, shunda delegaciya a'zolari koronavirus uchun test topshirishga ulgurishadi. Yani masalan, "Paxtakor" 10 sentyabr kuni mamlakatga yetib borsa, test topshirsa va "Al-Hilol" bilan o'yinga tayyorgarlikni olib borsa va 14 sentyabr kuni o'yin o'tkazadi. O'sha kuni A guruhidagi o'yinlar ham bo'lib o'tadi. "S" va "D" guruhi o'yinlari bir kundan keyin o'tkaziladi. 

Keyinchalik klublar har uch kunda o'yin o'tkazadi:

"A" va "V" guruhi - 17 sentyabr, 20 sentyabr, 23 sentyabr,

"C" va "D" guruhi - 18 sentyabr, 21 sentyabr, 24 sentyabr. 

1/8 final o'yinlari 26 sentyabr ("A" va "V" guruhi) va 27 sentyabr ("S" va "D" guruhi) kunlari bo'ladi. Chorak finallar - 30 sentyabr. Yarim final - 3 oktyabr. 

Bu taqvim hozircha rasman tasdiqlanmagan. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia