OCHL-2018 pley-off. O'zbek klublari Iordaniya va Qatar jamoalari bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
28 noya 2017, 16:54
2018 yilgi Osiyo chempionlar ligasi pley-offida O'zbekistonning ikki klubi o'ynaydi.

"Osiyo chempionlar ligasida vaziyat shunday: ikki klubimiz pley-offdan boshlaydi. Ikkinchi klubimiz o'z uyida Iordaniyaning "Al Faysali", uchinchi klubimiz Qatarda "Al Garafa"ga qarshi o'ynaydi", - deb yozadi Alisher Nikimbaev tvittyerdagi o'z sahifasida.

Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" OCHL-2018ni to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichidan boshlaydi.

Agar O'zbekiston kubogi finalida "Bunyodkor" g'olib bo'lsa "Al Faysali" bilan o'ynaydi va "Nasaf" Qatarga boradi. Agar finalda "Lokomotiv" g'olib bo'lsa "Nasaf" o'z uyida "Al Faysali"ni qabul qiladi va "Paxtakor" "Al Garafa" mehmoni bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia