OCHL-2018. Bugun qur'a

Narzulla Saydullayev
6 dek 2017, 08:55
2018 yilgi Osiyo chempionlar ligasi va OFK kubogi guruh bosqichiga 6 dekabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida qur'a tashlanadi.

6 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00da (Toshkentda 11:00 bo'ladi) OFK kubogi guruh bosqichiga qur'a tashlanadi. Malayziya vaqti bilan soat 16:30da (Toshkentda 13:30 bo'ladi) Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash jarayoni boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning faqat bitta klubi 2018 yilgi OCHLni guruh bosqichidan boshlaydi. Yana ikki klub musobaqaga pley-offdan qo'shiladi. 


Mamlakat chempioni "Lokomotiv" klubi guruh bosqichiga yo'llanma olgan. Pley-offda esa "Nasaf" va "Paxtakor" klublari o'ynashadi. 



OCHL qur'asini "CA"da Alisher Nikimbaev bilan birgalikda kuzating

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia