OCHL–2017. Ravshan Ermatov Odil Ahmedov jamoasi o'yinida ishlaydi

Narzulla Saydullayev
11 apr 2017, 12:19
O'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov OCHL–2017 turniri “F” guruhi 5-turidan o'rin olgan “Shanxay SIPG” (Xitoy) – “Seul” (Janubiy Koreya) uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi.

Unga qanotlarda Adbuhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov assistentlik qiladi. To'rtinchi hakam vazifasini tailandlik Mongkolchai Peshri bajaradi.

Uchrashuv komissari etib tailandlik Pairit Tanpairi tayinlandi. Hakamlar nazoratchisi – Subhiddin bin Muhammad Salah (Malayziya). Ma'lumot uchun, “Shanxay SIPG” – “Seul” uchrashuvi 26 aprel kuni Shanxay shahridagi Shanghai Stadium maydonida bo'lib o'tadi. O'yin mahalliy vaqt bilan 19:30 (Toshkent vaqti bilan 16:30)da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com