OCHL-2017. "Lokomotiv"ning raqibi "Al Ahli" mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2017, 10:02
"Lokomotiv"ning Osiyo chempionlar ligasidagi raqibi "Al Ahli" kecha o'z maydonida yutqazib qo'ydi.

BAA chempionatining navbatdagi tur uchrashuvini o'z maydonida "Al Ayn"ga qarshi o'tkazgan "Al Ahli" 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Uchrashuvning birinchi taymida hisob ochilmadi. Tanaffusdan so'ng 51-daqiqada "Al Ayn" yetakchisi Umar Abdulrahmon o'yindagi dastlabki to'pni kiritdi. 87-daqiqada mezbonlar vakili Sayid Jassim Solih hisobni tenglashtirdi. Lekin 90+1-daqiqa o'tib borayotgan bir paytda Kayo g'alaba to'pini kiritib, o'z jamoasiga uch ochkoni taqdim etdi.

BAA pro ligasi
Turnir jadvalida "Al Ahli" 16 o'yindan so'ng 32 ochko to'plagan holda 4-o'rinda bormoqda. Eslatib o'tamiz, OCHL 2-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Ahli" bahsi 27 fevral kuni TTZdagi "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz