OCHL-2017. "Lokomotiv" guruh bosqichini safarda boshlab safarda tugatadi

Narzulla Saydullayev
13 dek 2016, 14:50
Bugun 2017 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlandi.

Unga ko'ra O'zbekiston chempioni Toshkentning "Lokomotiv" klubi "A" guruhidan o'rin oldi. "Temiryo'lchilar" guruh bosqichini Saudiya Arabistonida "Al Tavon"ga qarshi o'yin bilan boshlashadi. Bu bahs 20 fevral kuni bo'lib o'tadi.

O'z maydonidagi ilk uchrashuvni esa "Loko" 27 fevralda BAA chempioni "Al Ahli" klubi bilan o'tkazadi.

"Lokomotiv" guruhning so'nggi uchrashuvini 9 may kuni safarda "Al Ahli"ga qarshi o'tkazadi.

O'yinlar taqvimi
1-tur
20 fevral

"Al Ahli" (BAA) - "Istiqlol" (Eron) yoki "Al Sadd" (Qatar)
"Al Tavon" (S.Arabistoni) - "Lokomotiv" (O'zbekiston)

2-tur
27 fevral

"Istiqlol" (Eron) yoki "Al Sadd" (Qatar) - "Al Tavon" (S.Arabistoni)
"Lokomotiv" (O'zbekiston) - "Al Ahli" (BAA)

3-tur
13 mart

"Istiqlol" (Eron) yoki "Al Sadd" (Qatar) - "Lokomotiv" (O'zbekiston)
"Al Ahli" (BAA) - "Al Tavon" (S.Arabistoni)

4-tur
11 aprel

"Lokomotiv" (O'zbekiston) - "Istiqlol" (Eron) yoki "Al Sadd" (Qatar)
"Al Tavon" (S.Arabistoni) - "Al Ahli" (BAA)

5-tur
25 aprel

"Istiqlol" (Eron) yoki "Al Sadd" (Qatar) - "Al Ahli" (BAA)
"Lokomotiv" (O'zbekiston) - "Al Tavon" (S.Arabistoni)

6-tur
9 may

"Al Ahli" (BAA) - "Lokomotiv" (O'zbekiston)
"Al Tavon" (S.Arabistoni) - "Istiqlol" (Eron) yoki "Al Sadd" (Qatar)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia