OCHL-2017. Bugun soat 13:00da qur'a

Narzulla Saydullayev
13 dek 2016, 07:05
Bugun, 13 dekabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida 2017 yilgi OCHL va OFK kubogi musobaqa guruh bosqichiga qur'a tashlanadi.

Tadbir Kuala-Lumpur shahridagi "Petaling Jaya Hilton Hotel" mehmonxonasida bo'lib o'tadi.

Malayziya vaqti bilan soat 14:30da (Toshkentda 11:30 bo'ladi) OFK kubogi guruh bosqichiga qur'a tashlanadi. So'ngra Malayziya vaqti bilan soat 16:00da (Toshkentda 13:00 bo'ladi) Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlanadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistondan "Lokomotiv" klubi musobaqani guruh bosqichidan boshlasa, "Bunyodkor" va "Nasaf" klublari pley-offda ishtirok etishadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia