OCHL-2016. "Lokomotiv"ning raqiblari "Sepaxon" va "Al Nasr"

Narzulla Saydullayev
10 dek 2015, 13:50
2016 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlandi.

O'zbekiston vice-chempioni "Lokomotiv" klubi "A" guruhidan o'rin oldi. "Temiryo'lchilar" guruhda Eronning "Sepaxon" va BAAning "Al Nasr" klublariga qarshi o'ynashlari ma'lum. "Sepaxon" safida o'zbekistonlik Fozil Musaev to'p tepayotganini ko'pchilik yaxshi biladi.

Guruhning so'nggi ishtirokchisi "Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni) va "Al Vihdat" (Iordaniya) o'rtasidagi pley-off uchrashuvidan so'ng aniqlanadi.

"Loko" guruh bosqichini o'z maydonida "Al Nasr"ga qarshi bahs bilan boshlaydi. Jamoa so'nggi o'yinni ham Toshkentda o'tkazadi.


Osiyo Chempionlar Ligasi - 2016

#     
"A" Guruhi
1 "Sepaxon" (Eron)
2 "Al Nasr" (BAA)
3 "Lokomotiv" (O'zbekiston)
4 Pley-off 1 g'olibi
 

23/24 fevral                     
"Sepaxon" (Eron) - Pley-off 1 g'olibi
23/24 fevral "Lokomotiv" (O'zbekiston) - "Al Nasr" (BAA)
1/2 mart Pley-off 1 g'olibi - "Lokomotiv" (O'zbekiston)                    
1/2 mart "Al Nasr" (BAA) - "Sepaxon" (Eron)
15/16mart Pley-off 1 g'olibi - "Al Nasr" (BAA)
15/16mart "Sepaxon" (Eron) - "Lokomotiv" (O'zbekiston)
5/6 aprel "Al Nasr" (BAA) - Pley-off 1 g'olibi
5/6 aprel "Lokomotiv" (O'zbekiston) - "Sepaxon" (Eron)
19/20aprel Pley-off 1 g'olibi - "Sepaxon" (Eron)
19/20aprel "Al Nasr" (BAA) - "Lokomotiv" (O'zbekiston)
3/4 may "Sepaxon" (Eron) - "Al Nasr" (BAA)
3/4 may "Lokomotiv" (O'zbekiston) - Pley-off 1 g'olibi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia