OCHL-2016. G'arb mintaqasi pley-off juftliklari ma'lum

Narzulla Saydullayev
4 dek 2015, 15:21
O'zbekistonning "Bunyodkor" klubi 2016 yilgi OCHL pley-offida BAAning "Al Shabab" klubi bilan o'ynashi haqida xabar bergandik.

OFK G'arb mintaqasining barcha juftliklarini e'lon qildi. Hamyurtimiz Sardor Rashidov to'p tepayotgan "Al jayish" klubi bu bosqichda Eronning "Naft Tehron" klubiga qarshi o'ynaydi.

Eslatib o'tamiz, ushbu juftliklar o'rtasida bitta o'yin bo'ladi va g'olib guruh bosqichiga yo'llanma oladi.


G'ARB MINTAQASI
Pley-off

"Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni) - "Al Vihdat" (Iordaniya)
"Naft Tehron" (Eron) - "Al Jayish" (Qatar)
"Bunyodkor" (O'zbekiston) - "Al Shabab" (BAA)
"Al Jazira" (BAA) - "Al Sadd" (Qatar)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia