OCHL-2014. "Lokomotiv"ning raqibi aniqlandi

Narzulla Saydullayev
2 fev 2014
OCHL-2014 pley-off birinchi bosqichi doirasidagi "Al Quvayt" - "Al Shorta" uchrashuvi davom etmoqda.
Bahsning 63-daqiqasiga kelibgina hisob ochildi. Mezbonlar safida Eron terma jamoasi a'zosi Javod Nekunam o'zini ko'rsatdi - 1:0. Aynan shu gol uchrashuvda yagonaligini saqlab qoldi va "Al Quvayt" keyingi bosqichga yo'l oldi

Endi quvaytliklar 8 fevral kuni Toshkentda "Lokomotiv"ga qarshi o'ynashadi.


"Al Quvayt" (Quvayt) - "Al Shorta" (Iroq) 1:0
Gol:
Javod Nekunam 63
"Al Quvayt" (Quvayt):
Musab Al Kandari, Yoqub Al Toxir, Fahad Avad, Javad Nekunam, Fahad Al Enazi, Rojerio Koutino, Shodi Hammami, Volid Juma, Issam Jemaa, Husain Shammari, Fahad Hamud.
"Al Shorta" (Iroq): Muhammad Kassid, Hamdi Al Massri, Amjed Halaf, Nashot Akrom, Mahdi Karim, Ahmad Ayyad,Innosent Feliks, Qusay Munir, Kristiano, Ali Bahjat.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia