

Iroqning "Al Zavraa" jamoasi bu bosqichda BAAning "Al Vasl" klubi bilan to'qnash keldi. Uchrashuvda darvozalarga 5 ta gol urildi va unda "Al Zavraa" 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Amirliklar jamoasi o'yinda ikki bor hisobda oldinga chiqib oldi. Ikkinchi bo'limda "Paxtakor" sobiq futbolchisi Brayan Riaskos 2 ta to'p kiritib bag'dodliklarni g'alabaga etakladi.
Jamoalarning javob bellashuvi 17 fevral kuniga belgilangan.



