OCHL 2. "Andijon" – "Al Haldiya" bahsiga hakamlar tayinlandi

Sherzod Nurmatov
20 okt 2025, 13:04
OFK Chempionlar Ligasi 2 doirasidagi "Andijon" – "Al Haldiya" uchrashuvi rasmiylari ma'lum.

"Andijon" jamoasi 22 oktyabr kuni OFK Chempionlar Ligasi 2 musobaqasining 3-turi doirasida Bahraynning "Al Haldiya" klubini qabul qiladi. Mazkur bellashuvni iordaniyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

"Andijon" – "Al Haldiya"

Bosh hakam: Ahmad Yaqub Ibrohim Ibrohim (Iordaniya)

Yordamchi hakamlar: Hamza Abdulmajid Yunis Sadeh, Qais Ayman Issa Hames (ikkalasi – Iordaniya)

To'rtinchi rasmiy: Nurzatbek Abdikadirov (Qirg'iz Respublikasi)

Hakamlar nazoratchisi: Alaa Abed-Alqader Naema Al Abadi (Iroq)

Komissar: Davlatmand Islomov (Tojikiston)

Mahalliy media oficer: Sherzod Rajabov

Mahalliy bosh koordinator: Behzod Olimjonov

Eslatib o'tamiz, uchrashuv 22 oktyabr kuni 18:45 ga belgilangan. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia