OCHL 1/8 final. Janubiy Koreyaning ikki klubi dastlabki o'yinda ijobiy natija qayd etdi

Xayrulla Xoliqov
19 iyun 2019, 19:09
Kecha va bugun Osiyo chempionlar ligasi Sharq mintaqasida 1/8 final dastlabki uchrashuvlar o'tkazildi.

Bugun bo'lib o'tgan ikkita o'yinda Janubiy Koreyaning ikki jamoasi safarda o'ynab, ikkalasi ham ijobiy natija qayd etdi. "Ulsan Xyunday" Yaponiyada "Urava Reds" mehmoni bo'lib 2:1 hisobida g'alaba qozondi. 

"Chonbuk Motors" safarda "Shanxay SIPG"ga qarshi maydonga chiqib 1:1 hisobini qayd etdi. Bu o'yinda hamyurtimiz Odil Ahmedov shanxayliklar tarkibida to'liq harakat qiladi. 

1/8 final. Dastlabki uchrashuvlar 

18 iyun. "Kashima Antlers" (Yaponiya) - "Sanfrechche Xirosima" (Yaponiya) 1:0 

18 iyun. "Guangju Evergrand" (Xitoy) - "Shandong Luneng" (Xitoy) 2:1


19 iyun. "Urava Reds" (Yaponiya) - "Ulsan Xyunday" (J.Koreya) 1:2 

19 iyun. "Shanxay SIPG" (Xitoy) - "Chonbuk Motors" (J.Koreya) 1:1 

Endi javob bellashuvlari 25-26 iyun kunlari bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamitz, G'arb mintaqasida 1/8 final bahslari avgust oyiga belgilangan. 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com