Obyang Kezaga qarshi qo'pol foli uchun kechirim so'radi

Alisher
11 yanv 2021, 18:05
"Sassuolo" yarim himoyachisi Pedro Obyang Twitter'da "Yuventus"ga qarshi o'yinda qizil kartochkaga sabab bo'lgan Federiko Kezaga qarshi foli haqida yozdi.

"Avvalo, jamoaga qimmatga tushgan xatoim uchun kechirim so'rayman. Men jamoani kamchilikda qoldirmoqchi emas edim. Shuningdek Federiko Kezaga ham eng yaxshi tilaklarimni tilayman", - deydi Obyang.

Oldinroq Italiya OAV Federiko Kezaning "Yuventus" bazasiga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun kelgani haqida yozgandi.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus" o'z uyida "Sassuolo"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Obiang14