"Obod". Yoshlarimiz ham yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi

Aslanov Jasurbek
18 yanv 2017, 21:44
Bosh jamoamizdan keyin o'rinbosarlar tarkibimiz ham yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

O'tgan mavsumning ikkinchi qismida yoshlar jamoasini boshqargan Bobur Zuhriddinov klub bilan xayrlashgach, o'rinbosarlar tarkibiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Bir necha yil "Bunyodkor" klubi doirasida faoliyat ko'rsatgan Vyacheslav Sergeevich Tigay endi "Obod" jamoasi o'rinbosarlarini boshqaradi. 

Hozirda o'tgan mavsum o'rinbosarlar safida to'p surgan futbolchilar bilan bir qatorda yangi o'yinchilar ham sinovdan o'tkazilmoqda. Yoshlarimiz indinga, juma kuni o'zining ilk rasmiy o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Raqib poytaxtning "NBU-Osiyo" jamoasi bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcobod.uz