"Obod": Tursunboev ketdi, Shkvirin keldi

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2017, 08:45
"Obod"ning yangi mavsumga tayyorgarligi davom etadi.

Futbolchilar kuniga ikki mahaldan mashg'ulot olib borishmoqda. Ertalabki mashg'ulotlarda jismoniy yuklamalarga jiddiy e'tibor berilayotgan bo'lsa, tushdan so'ng maydonda to'p bilan ishlanyapti.

Tarkibda jiddiy o'zgarishlar yo'q. Tayyorgarlikning birinchi bosqichida qatnashgan darvozabon Akmal Tursunboev jamoani tark etgan bo'lsa, uning o'rniga Nikita Shkvirin mashg'ulotlarga qo'shildi. Yosh darvozabon hozircha ko'rikda bo'lib turibdi. Aytish kerak, garchi shartnomasi yakunlangan bo'lsa-da, Sardor Sobirxo'jaev jamoani tark etgani yo'q. Yarim himoyachi jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.

7 yanvar kuni jamoa a'zolari ikki tarkibga bo'lingan holda o'zaro uchrashuvda maydonga tushadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcobod.uz