

Mart oyining eng yaxshi o'yinchisini aniqlash maqsadida o'tkazilgan so'rovnomada iqtidorli hujumchi Shohruz Norxonov yetakchilik qildi. Shohruz kanalimiz o'quvchilarining 52 foiz ovoziga egalik qildi. Ikkinchi o'rin ikkita goli bilan jamoa to'purari bo'lib turgan yana bir hujumchi Navro'z Haipovga nasib etdi. Jamoa sardori Doniyor Hasanov uchinchi, Buxorodagi 3-tur uchrashuvida g'alaba to'piga mualliflik qilgan G'ayrat Umirov to'rtinchi bo'ldi. Tajribali himoyasi Anvar G'ofurov esa, beshlikni yakunlab berdi.


