

Qibraydagi stadionda bo'lib o'tadigan bellashuv 15:00da start oladi. Raqib Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi. Bundan ikki kun avval har ikkala jamoaning o'rinbosarlari o'zaro kuch sinashgan edi. Ertaga endi asosiy tarkib a'zolari maydonga chiqadi.
Aytish kerak, "Obod" shu haftaning o'zida yana bir nazorat bahsida maydonga tushadi. 28 yanvar kungi bellashuvda raqibimiz Bekobodning "Metallurg" jamoasi bo'ladi.




