“Obod” bir qator yetakchi o'yinchilari bilan shartnomani uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2016, 10:30
Oliy liga debyutanti Toshkentning “Obod” jamoasi ham yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda. Futbolchilar kuniga ikki mahaldan shug'ullanmoqda.

Ertalabki mashg'ulotlar “NBU-Osiyo” stadionida o'tayotgan bo'lsa, tushlikdan keyin jamoa o'z maydonida shug'ullanayotgani aytilayotir.

Murabbiylarning rejasiga ko'ra, o'tgan yilgi tarkibning o'zagi saqlab qolingan. Faqat unga ayrim qo'shimcha qilish ko'zda tutilgan. Aytishlaricha “Obod” rahbariyati bir qator yetakchi o'yinchilari bilan shartnoma muddatini uzaytirishga qaror qilgan. Bular – Sanjar To'raqulov, G'ayrat Umirov va Shoxruz Norxonovdir.
Ma'lum muddat jamoa ko'rigida bo'lgan “Qo'qon-1912”ning sobiq futbolchisi Hasanboy Ergashev klub lagerini tark etgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia