

"Runi jahon darajasidagi yulduz hisoblanadi. U - inglizlarning muhim futbolchisi, biz Ueynni to'xtatishimiz lozim. Angliya futbolchilarining hech biridan qo'rqmayman, ammo ularning hujum chizig'ida bir necha nafar kuchli futbolchilar bor. Bu ularning ayni damdagi eng yaxshi chizig'i.
Angliyaga qarshi bahs biz uchun muhim. Biz Litvada ochko yo'qotdik va JCH-2018ga chiqish umidini saqlab qolishni istasak Angliyani mag'lub etishimiz kerak" - deydi Oblak.



