Oblak “Chelsi” haqidagi savolga javob berdi

Eldor Akmurzayev
13 avg 2020, 21:20
“Atletiko” darvozaboni Yan Oblak faoliyatini “aristokrarlar” safida davom ettirishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar haqida fikr bildirdi.

“Hozir bilarni muhokama qilishning vaqti emas. Oldinda Chempionlar Ligasi doirasidagi “Leyptsig”ga qarshi o'yin kutib turibdi. Mavsumga esa faqat uni tugatganimizdan so'ng baho beraman. O'ylaymanki, bizni yana uchta o'yin kutmoqda. Shundan so'ng gaplashsak bo'ladi, ammo hozir “Leyptsig”dan o'tishni xohlayman”, deydi Oblak.

Eslatib o'tamiz, "RB Leyptsig" - "Atletiko" bahsi Toshkent vaqti bilan 14 avgustga o'tar kechasi, soat 00:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: As