Obameyyang ispan klubiga o'tishi mumkin, ammo u "Real" emas
Aslanov Jasurbek
25 dek 2017
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyyang faoliyatini Madridda davom ettirishi mumkinligini ma'lum qildi.
"Atletiko" butun dunyodan futbolchi qidiradi. Grizmann kyetishi mumkin. "Atletiko"ga o'tishim haqida to'xtalsak, hamma narsa bo'lishi mumkin" - deydi Obameyyang.
Oldinroq, "Borussiya" Obameyyangni yanvarda sotmoqchi emasligi aytilgan edi.