Obameyyang "Borussiya"dan ketmoqchi

Aslanov Jasurbek
26 may 2017
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyyang klubini o'zgartirmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, gabonlik bu borada "Borussiya" rahbariyati bilan uchrashdi va ulardan boshqa klubga o'tishga imkon berishni so'radi. Obameyyang xizmatlariga "Milan", PSJ va "Tyanczin Cyuanczyan" qiziqish bildirmoqda.

Obameyyang hamda nemis klubi o'rtasidagi bitim 2020 yilning yozigacha amalda. Yakunlangan mavsum natijalariga ko'ra, forvard 32 ta uchrashuvda 31 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild