Obameyang va Gabon termasi futbolchilari aeroport polida uxlashga majbur bo'ldi

Mirjalol Normatov
16 noya 2020, 22:44
"Arsenal" va Gabon termasi hujumchisi Per-Emerik Obameyang instagrami orqali Gambiyadagi aeroport polida tunni o'tkazganini ko'rsatdi.

"Shunchaki g'alati tun. Gambiya davlati bizning pasportlarimizni bermay, ushlab turganini tushunmayapman. Biz jinoyatchiga o'xshaymizmi?", - deb yozadi forvard.

Aeroport xodimining aytishicha, ular futbolchilarning koronavirus testi natijasini kutishgan.

Gambiya - Gabon uchrashuvi 21:00da start olgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal