Obameyang faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin

Alisher
20 iyun 2019, 15:38
"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang MYUga o'tishi mumkin.

"Qizil iblislar" gabonlik futbolchi uchun 70 million funt (79 million evro atrofida) ajratishmoqchi.

Mamkunianlar rahbariyati Obameyangga "Inter"ga ketishi mumkin bo'lgan Romelu Lukakuning o'rniga nomzod sifatida qaramoqda.

Obameyang yakunlangan mavsum "Arsenal" safida 51ta o'yinda maydonga tushib, 31ta gol va 8ta assistga erishgan.

Oldinroq, Obameyang o'zining "Instagram" sahifasidan klubga tegishli bo'lgan ma'lumotlarni o'chirib tashlagan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: talkSPORT