Obameyang "Barselona"ga o'tish uchun maoshining pasayishiga rozi bo'lgani haqida nimalar dedi?

Mirjalol Normatov
22 fev 2022, 15:26
Hujumchi Per-Emerik Obameyang "Barselona"ga o'tish uchun maoshining kamayishiga hech qanday qarshilik qilmaganini aytdi.

- "Kamp Nou"da "Atletiko"ga qarshi o'yinda "Barselona" uchun debyutingiz vaqtidagi muxlislarning xayqirig'i haqida nimalar deysiz?

- Bu ajoyib bo'ldi. Bu stadionda, shunday muxlislarning hayqirig'i ostida o'ynash yuqori hissiyotlarni taqdim qildi. Bu juda yoqimli bo'ldi, juda xursandman.

- "Barselona"dagi holat sababli Siz kamroq maosh ishlab topasiz. Klub shunga arziydigan shartlar qo'ydimi?

- Albatta. "Barselona"ni buyuk klub deb hisoblayman va doimo bu erga kelishni istaganman. Bunday imkoniyat hayotda bir marta bo'lishi mumkin va men bundan foydalandim, - dedi hujumchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo