Obameyang “Arsenal” o'yinlarida nega qatnashmayotganini tushuntirdi

Eldor Akmurzayev
28 yanv 2021, 20:45
“To'pchilar” sardori Per-Emerik Obameyang oilasidagi muammolar tufayli jamoasining so'nggi 2 uchrashuvini o'tkazib yubordi.

“Onam sog'lig'i bilan bog'liq muammolarni boshdan o'tkazmoqda va unga yordam berishim zarur edi. Hozirda u anchagina yaxshilangan va bugun tunda uy (London)ga qaytaman.

Ushbu qiyin vaziyatdan o'tishda onamga yordam bergan shifokorlar va hamshiralardan juda minnatdorman, shuningdek, albatta oilam uchun qayg'urgan “Arsenal”ga ham rahmat aytaman. G'oliblik impulsini saqlab qolish uchun har qachongidan ko'proq tayyorman”, deydi gabonlik hujumchi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Aubameyang7