OAV: Riberi "Lacio" o'yinchisiga aylandi

Alisher
30 avg 2021
"Fiorentina" sobiq o'yinchisi Frank Riberi o'ziga yangi jamoa topdi.

38 yoshli fransiyalik futbolchi "Lacio" bilan shartnoma imzoladi. Tomonlar o'rtasidagi bitim bir yilga mo'ljallangan.

Riberi Rim klubi tarkibini erkin agent maqomida to'ldiradi. Futbolchi "Fiorentina" bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bordi, ammo yakunda kelishuvga erishilmadi.

Riberi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Get Italian Football