OAV: Real avvalroq Koutinoni sotib olishdan bosh tortgan

Omonjon To`xtamirzayev
26 iyul 2017, 12:32
Ispan OAVning xabariga ko'ra, Barselonaga o'tishga rozilik bildirgan Liverpul futbolchisi Filippe Koutino avvalroq Real Madrid safida paydo bo'lishi mumkin bo'lgan.

Ma'lum bo'lishicha, Kataloniyaliklar bilan muzokara boshlashdan avval braziliyalikning agenti Kia Djurabchian futbolchi xizmatlarini qaymoqranglilarga taklif qilgan. Real Madrid vakillari esa futbolchi uchun so'ralgan 70 million funtni to'lashni istashmagan. Sababi, ispanlar Koutino Real darajasidagi yulduz emas va muxlislar yoqimtoyiga aylana olmaydi deb hisoblashgan.

Realdagilar Barselona rahbarlari yarim himoyachini futbol tarixidagi eng qimmat futbolchilardan biriga aylantirmoqchi ekanligidan hayratda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru