OAV: MYUning 4 nafar o'yinchisi Mourinyoga ishonmay qo'ydi

Tolibjon Qosimov
5 sen 2018, 00:18
"Manchester Yunayted"ning 4 nafar futbolchisi jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyoga nisbatan ishonchni yo'qotishdi.

"Daily Mail" nashrining tasdiqlashicha, bu o'yinchilar: yarim himoyachi Pol Pogba, hujumchilar Antoni Maryal va Markus Reshford, shuningdek himoyachi Erik Bayi.

Xabar qilinishicha, yuqoridagi o'yinchilar Mourinyoning ishidan norozi. Portugaliyalikning o'zi oldinroq o'zining klubdagi holatidan havotir olmayotganini ma'lum qilgan edi.

MYU APLning 4ta turidan so'ng 6 ochko bilan turnir jadvalining 10-pog'onasida bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Daily Mail