OAV diqqatiga! Oqtepa emas, Oq-tepa

Turli davriy nashr va elektron saytlarda faoliyat ko'rsatayotgan hamkasblarimiz diqqatiga!
2000 yil tashkil topgan jamoamiz 2006 yildan buyon O'zbekiston Birinchiligi va O'zbekiston Kubogi bahslarida ishtirok etib kelmoqda. Barchaga ma'lum, O'zPFL o'tkazayotgan musobaqalar deyarli barcha nashrlarda yoritib kelinadi. Turli OAV nashrlarida faoliyat ko'rsatayotgan hamkasblarimizni bir jihatga e'tibor qaratishlarini so'rardik. Klubimizning rasmiy nomi “Oq-tepa”. Jamoa tashkil topganidan beri shu nom bilan faoliyat yuritadi. Yani, dastlabki ikki harf “Oq”dan keyin “-” (chiziqcha) bor. Ammo deyarli barcha nashrlarda chiziqchasiz “Oqtepa” deb yoziladi.
 
Bu PFLning rasmiy saytida jamoamiz “Oqtepa” ko'rinishida yozilishi bilan bog'liq bo'lsa kerak. Lekin klubning nomi barcha rasmiy hujjatlarda “Oq-tepa” deb yozilgan. Xususan, har mavsum avvalida va yozgi tanaffusda PFLga topshiriladigan hujjatlarda ham. Ilgari klubning rasmiy sayti faoliyat ko'rsatmagani uchun bu haqida ogohlantirishning imkoni bo'lmagan. Hozir vaziyat boshqacha. Shu bois, biz hamkasblarimizdan bunga ahamiyat berishlarini va bundan keyin klubning nomini “Oq-tepa” ko'rinishida yozishlarini so'rab qolamiz. 

Manba: oq-tepa,uz