OAV: "Belerin "Barselona" bilan muzokarani boshladi"
Tolibjon Qosimov
14 mar 2017, 20:36
"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin "Barselona" bilan transfer haqida muzokaralarni boshladi.
Buni "The Sun" tasdiqladi. Manbaning ma'lum qilishicha, ispaniyalik futbolchining agenti hozir Kataloniyada, u yerda shartnomaning shartlari muhokama qilinadi. O'yinchining taxminiy transfer narxi 35 million evro deya baholanmoqda.