"Nyukasl" yana bir top-futbolchini nishonga oldi

Mirjalol Normatov
15 may 2020, 21:42
"Daily Express" xabariga ko'ra, "Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Rabo yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

25 yoshli fransiyalik futbolchiga "Nyukasl" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Inglizlar xavbekning transferi uchun 26 mln funtdan voz kechishga tayyor turishibdi. Futbolchining o'zi ham ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun jamoasini o'zgartirishga qarshi emas.

Eslatib o'tamiz, futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Everton" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Express