"Nyukasl" Tyuramga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
30 mar 2023
"Nicca" yarim himoyachisi Kefren Tyuram "Nyukasl" nishoniga aylandi.

Bu haqda "The Athletic" xabar bermoqda.

22 yoshli fransiyalik futbolchiga "hakkalar" bosh skauti Stiv Nikson qiziqib qolgan.

Tyuram 2019 yildan beri "Nicca"da to'p tepadi. Joriy mavsumda u klub safida barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 8 ta gol hammuallifi bo'ldi.

24 mart kuni yarim himoyachi Fransiyaning asosiy jamoasi safida Niderlandiyaga qarshi o'yinda (4:0) debyut qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic