"Nyukasl" tarkibini 19 yoshli vinger bilan to'ldirdi

Sherzod Nurmatov
18 okt 2022, 12:20
Amadu Diallo "Nyukasl" bilan kelishuv tuzdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

19 yoshli angliyalik o'yinchi bilan shartnoma 2022/23 yilgi mavsum so'ngiga qadar amal qiladi. Diallo akademiya jamoasiga qo'shildi va APL-2 da 1 ta o'yin o'tkazishga ulgurdi.

Diallo "Vest Xem" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Vinger London klubini 2022 yilning yozida erkin agent sifatida tark etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: nufc.co.uk