"Nyukasl" Remzi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
16 noya 2021, 15:10
Yarim himoyachi Aaron Remzi "Yuventus"ni tark etishi mumkin.

30 yoshli uelslik futbolchining xizmatlariga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda.

Klub xavbek bilan qishki transfer oynasida shartnoma imzolashga urinib ko'radi va unga 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqchi.

Remzi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: todofichajes.com