"Nyukasl" Marsyalni MYUdan ijaraga olishi mumkin

Alisher
8 yanv 2022, 18:24
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyalga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda.

APLda 19-o'rinda borayotgan klub 26 yoshli fransiyalikning ijara variantini ko'rib chiqmoqda.

Oldinroq tarqalgan ma'lumotlarga ko'ra, forvard uchun "Sevilya", "Barselona", "Atletiko" va "Yuventus" da'vogarlik qilmoqda. Bunga qadar o'yinchining agenti Marsyalning qishda "Yunayted"dan ketmoqchi ekanligini xabar qilgandi.

26 yoshli forvard MYU tarkibida joriy mavsum APL doirasidagi atigi 2ta o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Times