"Nyukasl" "Manchester Yunayted"ning sobiq vingerini xarid qilishi mumkin

Alisher Ostonov
7 iyun 2025, 13:12
"Nyukasl" "Nottingem Forest" yarim himoyachisi Entoni Elanga transferiga qiziqish bildirmoqda.

"O'rmonchilar" 23 yoshli vingerni 50 million evrodan boshlanadigan taklif bo'lsagina sotishga tayyor.

Elanga 2023 yilning yozida "Manchester Yunayted"dan "Nottingem Forest"ga o'tgandi. U o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 12 ta golga hammualliflik qilgan.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Daily Mail