"Nyukasl" Isakni sotmoqchi emas

Mirjalol Normatov
26 iyul 2025
"Nyukasl" futbolchisi Aleksander Isakning klubdagi kelajagini klubning saudiyalik egalari hal qilishi kutilmoqda.

"The Telegraph" ma'lumotiga ko'ra, forvardning sotilishi borasidagi yakuniy qaror klubni moliyalashtiradigan Saudiya Arabistoni investicion fondi egalari va boshqaruv vakili Yasir al-Rumayyanga qoldirilgan.

Garchi kyetish istagi bo'lsa-da, klubdagilar Isakni sotishni istamayapti. Shvetsiyalikni "Liverpul" o'z tarkibida ko'rishni xohlamoqda.

Al-Rumayyan odatda "Nyukasl"ning ichki ishlariga aralashmaydi. Lekin Isak borasidagi voqelikni aynan u boshqarib bormoqda.

Isak "Nyukasl" tarkibida umumiy hisobda 109 o'yinda qatnashib, 62 gol va 11 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph