"Nyukasl" hujumchisi Sim de Yong yanvardan oldin safga qaytmaydi
Aslanov Jasurbek
25 okt 2014, 15:47
Sentyabrda jarohat olgan "Nyukasl"ning gollandiyalik hujumchisi Sim de Yong yanvar oyidan oldin maydonga qayta olmaydi.
Bu haqda "hakkalar" bosh murabbiyi Alan Pardyu ma'lum qildi.
"Yanvar Simning oyoqqa turishi uchun eng yaqin muddat hisoblanadi. Biz uni yanvarda qaytishiga qattiq umid qilyapmiz, chunki uning jarohati juda nozik" - deydi murabbiy.