"Nyukasl" Gimaraes bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Sherzod Nurmatov
11 mar 2023, 12:33
Angliyaning "Nyukasl" klubi futbolchi Bruno Gimaraes bilan amaldagi bitimni uzoq yillarga cho'zishni istaydi.

"Hakkalar" bir qator Yevropa gigantlari e'tiborini qozongan futbolchini 2028 yilga qadar kuchda bo'ladigan yangi bitim bilan klubda qolishini kafolatlab qo'yish niyatida.

Braziliyalik yarim himoyachining xizmatlaridan foydalanish istagini bildirgan klublar orasida "Chelsi", "Pari Sen-Jermen" va "Real"ni ko'rish mumkin. Gimaraesning Angliya klubi bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan kelishuvi mavjud. Biroq unga yaxshiroq taklif bilan chiqishsa, u APL vakili safini tark etishga rozilik bildirishi mumkin.

25 yoshli futbolchi Eddi Xau jamoasi uchun 4 ta gol urdi va 3 ta assist qayd etdi. "Nyukasl" Angliya chempionatida kuchli to'rtlik uchun kurashmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN