"Nyukasl" Fransiya terma jamoasi o'yinchisiga qiziqish bildirmoqda

Alisher
27 apr 2020, 18:43
"Betis" yarim himoyachisi Nabil Fekir faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

"Nyukasl" 26 yoshli fransiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Oldinroq, "Betis" o'yinchisini 150 million evroga baholayotgan edi, ammo Fekir bunday narxga transfer qilinishi dargumon.

"Betis" Fekirni 2019 yilning iyulida "Lion"dan 19,75 million evro evaziga xarid qilgan edi.

Futbolchi joriy mavsumda 23ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato