

Shu haftada Ronalduning Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi bilan tuzgan shartnomasida agar "hakkalar" joriy mavsumni Premer-liga kuchli to'rtligida yakunlasa, Krishtianuga "Nyukasl"ga ijaraga o'tishga ruxsat beruvchi band borligi xabar qilingandi.
Xaudan bu haqda so'rashganida, u 37 yoshli portugaliyalik "Sent-Jeyms Park"ga kelmasligini aytdi.
"Biz Krishtianuga yangi sarguzashtlarida omad tilaymiz, ammo tarqalayotgan mish-mishlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi", – dedi Xau.


