"Nyukasl" Azar uchun qancha to'lashga tayyorligini ma'lum qildi

Alisher
17 noya 2021, 14:47
"Real"da o'zini ko'rsata olmagan Eden Azar APLga qaytishi mumkin.

Yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashga hali ham "Nyukasl" umid qilmoqda. Klubning yangi xo'jayinlari Edenning transferiga 40 million evro miqdorida ajratishmoqchi.

O'z navbatida "blankos" prezidenti Florentino Peres uning sust o'yini va doimiy jarohatlari sabab belgiyalik bilan xayrlashishga tayyor.

Transfer yanvardagi transfer oynasida amalga oshishi mumkin. Azar joriy mavsum La Liga doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes