

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi tez orada Angliya klubida tibbiy ko'rikdan o'tadi. Agar hammasi ijobiy yakun topsa, hujumchi "hakkalar" bilan shartnoma imzolaydi va keyin ijaraga beriladi.
18 yoshli Kuol 2021 yildan beri "Sentral Kost"da to'p tepib keladi va klub safida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan hamda 1 ta golga assistentlik qilgan. Avstraliya terma jamoasida esa 1 ta o'yin o'tkazgan.


