Nyu-York Red Bulls hujumchisi Grella 7-soniyada gol urdi

Narzulla Saydullayev
19 okt 2015, 08:13
Nyu-York Red Bulls klubi hujumchisi Mayk Grella MLS rekordini yangiladi.

28 yoshli futbolchi Filadelfiya Yunionga qarshi o'yinning 7-soniyasidayoq gol urishga erishdi. Bu gol MLS tarixidagi eng tezkor gol sifatida qayd etildi.

Uchrashuvda Nyu-York Red Bulls 4:1 hisobida zafar quchdi, Grella yana bitta to'p kiritishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/MLS